Huquqiy qaydlar

Saytda chop etish uchun mas’ul

Erik VANDENDRIESHE

Muharrir

OKAIDI AJ, kapitali 2.928.240 €, Lill Metropol savdo reestri n°398 110 445
Bosh ofis manzili : 162, Bulvar de Furmi – BP 615 – 59061 Rube Sedeks 1 – Fransiya
Tel : +33 9 69 39 23 90 (qo’shimcha to’lovlarsiz qo’ng’iroq).
n° QQS : YI ichki QQS : FR 29 398 110 445
e-mail : service-clients@okaidi.com

CNILga topshiriladigan deklaratsiya

Yevropa Komissiyasining 1995-yil 24-oktyabrdagi jismoniy shaxslarni shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishdan himoya qilish va ma’lumotlarning erkin aylanishi to’g’risidagi °94/46/CE sonli direktivasiga asosan ushbu sayt Informatika va erkinliklar milliy komissiyasi (CNIL)ga deklaratsiya topshiradi.

Foydalanish va o’zgartirish huquqi

Sizga aloqador ma’lumotlar avtomatlashtirilgan foydalanishga duch kelishi mumkin. Yevropa Komissiyasisning 1995-yil 24-oktabrdagi n°94/46/CE sonli direktivasiga muvofiq siz ushbu ma’lumotlardan foydalanish, zarur bo’lganda esa ularni o’zgartirish hamda ularning saqlanishiga qarshilik ko’rsatish huquqlariga egasiz. Ushbu huquqdan foydalanishni istasangiz, biz bilan quyidagi manzil orqali bog’lanishingiz kifoya:

OKAIDI AJ – 162 Bulvar de Furmi – 59100 Rube – Fransiya

Intellektual mulk

Ushbu sayt to’liqligicha intellektual mulk to’g’risidagi fransuz va xalqaro qonunchilik me’yorlari bilan himoyalangan. Barcha qayta ishlash huquqlari saqlab qolingan. Intellektual mulk kodeksining L122-4 moddasiga binoan sayt sahifalaridagi matnlarning barchasi OKAIDI tomonidan oldindan berilgan rasmiy ruxsatsiz to’liqligicha yoki qisman taqdim etilishi yoki qayta ishlanishi mumkin emas.

Xosting

LINKBYNET AJ, 5-9 Industri ko’chasi, 93200 Sen-Deni, Bobini savdo reestri n°430 359 927.





Choose language