Konfidensiallik

«Saytdagi xizmatlardan foydalanish bizni sizga aloqador ma’lumotlar, masalan, familiya, ism, elektron pochta manzili, bolalarning ismi va yoshi, doimiy mijoz kartasi raqami kabilarni yig’ish va saqlashga undashi mumkin…».
Ushbu ma’llumotlar sizga sifatli xizmatlarni taqdim etish uchun zarur. Ushbu ma’lumotlar bizning ichki foydalanishimiz uchun mo’ljallangan.
Ushbu ma’lumotlar Okaïdi tomonidan maxsus tanlab olingan uchinchi tijoriy tomonga berilishi mumkin, siz rad etgan holatlar bundan mustasno.

Okaïdi ixtiyoridagi fayllar CNILga deklaratsiya qilinadi. Yevropa Komissiyasining 1995-yil 24-oktabrdagi jismoniy shaxslarni shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishdan himoya qilish va ushbu ma’lumotlarning erkin aylanishi to’g’risidagi n°94/46/CE sonli direktivasiga muvofiq siz o’zingizga tegishli ma’lumotlardan foydalanish va o’zgartirish huquqiga egasiz. Siz bu huquqdan biz bilan quyidagi usullar yordamida bog’lanib foydalanishingiz mumkin:
Elektron pochta orqali :
service-clients@okaidi.com

Pochta orqali :
Okaïdi
Mijozlar xizmati
162 bulvar de Furmi
BP 615
59061 Rube Sedeks 1

Fransiya

«Kukilar»

Saytimizdan foydalanish chog’ida kompyuteringiz, telefoningiz yoki planshetingizga «kukilar» o’rnashadi. «Kuki» bir saytga tashrif buyuganda yoki reklamani ko’rayotganda hosil bo’ladigan matnli fayldir. Uning maqsadi sizning navigatsiyangizga doir ma’lumotlarni to’plash va sizning navigatsiya tajribangizni yaxshilash uchun sizga moslashtirilgan xizmatlarga yo’naltirishdir. Biz ham «kukilar»dan foydalanib, masalan ularni sizni aniqlash va profilingizga kirishingiz uchun ishlatamiz.

Agar «kukilar» ishlatilishini istamasangiz, kompyuteringiz parametrlarini vebsaytlarning barcha «kukilar»ini o’chiradigan va/yoki «kukilar» saqlangan taqdirda ogohlantiradigan qilib sozlashingiz lozim. «Kuki» sozlamalarini o’zgartirishni istamasangiz, shunchaki saytdagi tashrifingizni davom ettiring.

«Kukilar» va ularning siz hamda sizning navigatsiyangizga ta’siri haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun Yevropa Komissiyasi saytidan foydalaning :

> Biz qanday turdagi «kukilar»dan foydalanamiz?

Autentifikiatsiya «kukilar»i:

Ushbu «kukilar» sizni aniqlash va sizning saytimizdagi profilingizga kirish uchun zarur. Siz navigatsiya sessiyasini tark etishingiz bilan ular ham to’xtaydi.

Faoliyat «kukilar»i:  

Bu «kukilar» saytdagi navigatsiya to’g’risida anonim ma’lumotlarni to’playdi. Ular OKAIDIga ehtimoliy muammolarni aniqlash va saytdagi navigatsiyani yaxshilash imkonini beradi.

Funksional «kukilar»:  

Bu «kukilar» saytdagi sizga maqbul jihatlar (masalan, til tanlovi, ko’rilgan maqolalar va boshqalar)ni to’playidi va tashtifingizni osonlashtiradi.

Reklama «kukilar»i:  

Ushbu «kukilar» «uchinchi tomon»ga tegishli bo’lib, anonim ravishda sizning qidiruvlaringizga bog’liq ma’lumotlarni to’playdi. Ular sizning xarid odatlaringiz va ko’rgan sahifalaringizga qarab reklamalarni joylashtirish imkonini beradi.

 Boshqa saytlardan keluvchi «kukilar»:

Bizning saytimizda «kukilar»dan foydalanuvchi boshqa saytlarga havolalar mavjud. Ular haqida ko’proq ma’lumot olish uchun ushbu saytlar tomonidan o’z “kukilar”i haqida berilgan ma’lumotlarga murojaat qiling.

> «Kukilar»ni brauzerlarda qanday boshqarish mumkin?

Terminalingizda «kukilar»ni qanday qabul qilish yoki rad etish mumkin?

“Kukilar” turli usullar yordamida boshqarilishi mumkin: afzalliklariningizdan kelib chiqib, siz ularga ruxsat berishiningiz, rad etishingiz, faolsizlashtirishingiz (o’rnatilgan «kuki» faqatgina faolsizlantirilishi mumkin, u «hayoti» so’ngidagina o’chadi) mumkin. “Kukilar”ni butunlay rad etish ba’zi xizmatlarimizdan foydalanishga imkon bermasligi yoki xizmatlarimizdan foydalanish faolligi, samaradorligi va moslashuvchanligini pasaytirishi mumkinligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Siz brauzeringiz yordamida o’z tanlovingizni ifoda etishingiz va xohishingizga binoan sozlashingiz mumkin:

Har bir brauzerning sozlamalari har xil. Siz o’z brauzeringiz ishlab chiqaruvchisi tomonidan berilgan ko’rsatmalarga amal qilishingiz lozim (havolalar ushbu maxfiylik xartiyasi yangilangan sanada ishlatilgan):

– Agar Internet Explorer ishlatsangiz: http://windows.microsoft.com/fr-FR/windows-vista/Block-or-allow-cookies
– Agar Safari ishlatsangiz: http://support.apple.com/kb/PH11913
– Agar Firefox ishlatsangiz: https://support.mozilla.org/fr/kb/cookies-informations-sites-enregistrent#w_paramaetres-des-cookies
– Agar Chrome ishlatsangiz: https://support.google.com/chrome/answer/95647
– Agar Opera ishlatsangiz: http://help.opera.com/Windows/10.20/fr/cookies.html
– Agar turli terminallardan foydalansangiz, tegishli brauzer o’z xohishingizga ko’ra sozlanganiga amin bo’ling.

> «Kukilar» saqlanish muddati qancha?

«Kukilar»ning saqlanish muddati eng uzog’i 13 oyni tashkil etadi.





Choose language