Ko’proq bilish uchun:
Obaïbi chaqaloqlar va barvaqt tug’ilgan go’daklar uchun zarur mahsulotlar bilan shug’ullanuvchi SOS Prema uyushmasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Yangi “Tug’ilish” kolleksiyasi yosh ota-onalarning istaklariga javob beradi, shu bilan birga ularning chaqaloqlari farovonligi haqida qayg’uradi va ularning atrofidagi muhitni inobatga oladi. Buning uchun u toza biologik paxtadan tayyorlangan to’liq va aralash kiyimlar to’plamiga tayanib, bolaga va onaga ilk kunlardanoq qulaylik taqdim etadi. Yumshoq va nafis matolar, bejirim va zamonaviy grafikalar, chaqaloqqa o’z atrofini qiyinchiliksiz va xavfsiz ravishda kashf etish imkonini berib, uning eng asosiy ehtiyojlariga javob beruvchi qulay va “aqlli” mahsulotlar.
SOS Prema erta tug’ilgan go’daklarning ota-onalarini qo’llab-quvvatlash va ularga yordam beish bilan shug’ullanuvchi milliy uyushma bo’lib, Fransiyada erta tug’ilganlarni qo’llab-quvvatlash yaxshilanishiga hissa qo’shadi. Sogliqni saqlash sohasidagi ko’ngillilar va professionallar tarmog’i, internetdagi sayti va nashrlari evaziga uyushma quyidagi yo’nalishlardagi ishlarni taqdim etadi:
– Oilalarni qabul qilish, tinglash va qo’llab-quvvatlash
– Tibbiy jamoalar bilan muloqot
– Davlat tashkilotlarini jalb etish
– Erta tug’ilishning oldini olish